Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qiziqarli koinot hodisalari


Joriy yilning 27-28-iyul kunlari ikkita ajoyib osmon hodisalari: oyning to`liq tutilishi va Marsning Yerga eng qisqa masofada yaqinlashishi. Bu ikkita hodisa bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda bir vaqtda sodir bo'lganligi ayni paytda tasodif. Bunday tasodiflar 25000 yilda bir marta sodir bo'ladi.

Ushbu hodisalarni Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari, yosh mutaxassislar Maydanak rasadxonasidan kuzatishdi. To'liq bosqichda osmon qorong'ilashganda kuzatuvchilar Somon yo'li fotosuratini  olishdi.

Ba'zida sodir bo’ladigan bunday samoviy hodisalar insonni kundalik hayot tashvishlaridan chalg'itadi va o`zgacha zavq bag`ishlaydi. Juda ajoyib!

 

Shuhrat Egamberdiyev,

O`zR FA Astronomiya instituti direktori, akademik.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!