Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qishloq xo’jaligi uchun bakterial o’g’itlar


O'zR FA Mikrobiologiya institutida texnik va sabzavot ekinlari urug'larini ekish oldidan ishlov berish uchun FOSSTIM seriyasidagi bakterial o'g'itlar va kompleks ta’sir etuvchi RIZOKOM seriyasidagi biopreparatlar ishlab chiqilgan.

Bakterial o'g'itlar va biopreparatlardan foydalanish natijasida tuproq eritmasi reaktsiyasini normallashtiradi, tuproq mikrobial uyushmasining muvozanatini foydali mikroflora foydasiga, hamda ozuqaviy makro-mikroelementlarning muvozanatini normallashtiradi, tuproqning fosfat rejimi va o'simliklarning mineral oziqlanishi yaxshilanadi, o'simliklarning ildiz shakllanishi, o'sishi va rivojlanishini stimullaydi, urug'larning dala unuvchanligini 90-95% ga, tuproq unumdorligi hamda qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini 20-25% ga oshiradi, qishloq xo'jalik ekinlarining ildiz chirishi, gommoz, vilt, alternariya kasalliklarini kamaytiradi, tuproqning sho'rlanishi va fosfatlanish darajasi kamayadi, hosilning pishib yetish davri 15-20 kunga qisqaradi.

Bioo'g'itlar Toshkent, Sirdaryo, Buxoro, Jizzax va Andijon viloyatlaridagi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish sinovlaridan o'tgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!