Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qishloq xoʼjaligi ekinlari uchun stimulyator


 Qishloq xoʼjaligi davlat iqtisodiyotining asosiy tarmogʼi hisoblanadi. Bu sohani rivojlantirish, qishloq xoʼjaligi ekinlari hosildorligini oshirish va yangi texnologiyalarni joriy qilish muhim.

OʼzR FА Oʼsimlik moddalari kimyosi institutida yaratilgan “Uchqun” biostimulyatori ham qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini oshiradi. Ushbu  biostimulyator gʼoʼza barglaridan olingan tabiiy mahsulot boʼlib, qishloq xoʼjaligi oʼsimliklariga ekishdan oldin ishlov berish yoki vegetatsiya davrida purkash usullarida qoʼllanildi.

“Uchqun” qishloq xoʼjaligi oʼsimliklarining oʼsib rivojlanishini tezlatuvchi, hosildorlikni oshiruvchi, ularning kasalliklarga va noqulay sharoitlarga bardoshliligini oshiruvchi stimulyator hisoblanadi. Bu preparat bilan chigitga ekishdan oldin ishlov berilganida oʼsimlikning oʼsib rivojlanishi tezlashadi va hosildorlik gektaridan gʼoʼzaning naviga qarab 2,7-3,5 sentnerga, bugʼdoyniki 10-24%ga, pomidorniki 20.1-23.0% ga, bodringda 23.8-29.10% ga oshadi.

 

 Oʼsimlikning rivojlanishining hamma bosqichlarida 1 tonna urugʼ uchun 5- 10 gr. qoʼllaniladi. Preparat qoʼllanganda urugʼning unib chiqishini, ildiz qismining rivojlanishini, gullashini va pishishini tezlashtiradi, mevalar sonini va hosildorlikni koʼpaytiradi, oʼsimliklarning kasalliklarga va suvsizlikka chidamliligi oshadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!