Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qirg`iziston Milliy Fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda


Qirg`iziston Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti M.S.Djumatayev boshchiligidagi delegatsiya 3-may kuni O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir nechta ilmiy-tadqiqot muassasalariga tashrif buyurishdi.

Xususan, Genomika va bioinformatika markazida g`o`za genlari injeneriyasi va genomikasi yo`nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, quyosh energiyasidan foydalanish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar mehmonlarda katta qiziqish uyg`otdi.

   

Shuningdek, mehmonlar kunning ikkinchi yarmida O`simlik moddalari kimyosi institutida bo`lib, farmasevtika sohasida yo`lga zamonaviy ishlab chiqarish va bu borada o`zbekistonlik olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalariga uyushtirilgan sayohat mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!