Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” tadqiqotlar tarmog‘i forumining birinchi majlisi o‘tkazildi


2019-yil 24-25-aprel kunlari Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi forumi doirasida tadqiqotlar tarmog‘ining birinchi majlisi “Belt and Road Studies Network” (BRSN) loyihasi hisobidan tashkil etildi.

Tantanali majlisda 59 mamlakat va ikkita xalqaro tashkilotning 200 dan ortiq ekspert va olimlar ishtirok etishdi.

Xitoy Xalq Respublikasining Raisi Si Szinpin ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigida “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining imkoniyatlari va natijalari butun dunyoga taalluqli ekanligi ta’kidlandi.

Ushbu tadbirda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori, prof.M.A.Raximov qatnashdi. U mazkur tashabbus zamonaviy xalqaro va mintaqaviy munosabatlar globalizatsiyasi sharoitida muhim integratsiya mexanizmi ekanligini qayd etdi.

BRSN – akademik almashinuv va hamkorlik uchun ochiq mexanizm hisoblanib, bu borada har yili tadbirlar o‘tkazilishini, “Bir makon, bir yo‘l” tadqiqotlari bo‘yicha loyihalar doirasida seminarlar va safarlar tashkil etilishini, shuningdek, “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro notijorat ilmiy-tadqiqot fondini tuzish uchun mablag‘lar to‘plashni rejalashtirmoqda.

Majlisda loyihaning rasmiy saytining tantanali tarzda ochilishi o‘tkazilganligini alohida qayd etish o‘rinli. www.brsn.net orqali loyiha doirasidagi ishlar va tashabbuslar bilan tanishish mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!