Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʻzbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi anjuman haqida


     Bugun Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida “Oʻzbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi IV respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻz ishini boshladi. Anjumanning asosiy maqsadi-zoologiya fanining dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollarini, hayvonot dunyosini saqlash va barqaror foydalanish, uni muhofaza etish va monitoring qilishga qaratilgan.

 

Anjuman doirasida  O’zbekiston tabiatidagi noyob hayvonlar, ularni o’rganish va turlarini asrab qolish uchun institut ilmiy xodimlari o’tkazgan  ekspidetsiyalari haqida roliklar namoyish qilindi. Noyob hayvon turlari-O’zbekiston tabiati xazinasidir. Shu bois ham bu kabi ilmiy anjumanlar Oʻzbekiston tabiati faunasini asrash uchun muhim ahamiyatga ega.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!