Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Oʼzbekiston - Xitoy munosabatlari tarixidan" nomli toʼplam nashr etildi


OʼzR FА Аbu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan "Fan ziyosi" nashriyotida "Oʼzbekiston - Xitoy munosabatlari tarixidan" nomli toʼplam nashr etildi.

Ushbu toʼplam Oʼzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʼrtasida diplomatik munosabatlar oʼrnatilganligining 30 yilligiga bagʼishlangan boʼlib, unda ikki davlat aloqalari tarixidagi kam maʼlum boʼlgan va qiziqarli yorqin sahifalari haqida soʼz yuritiladi.

Toʼplamning birinchi qismida oʼzbekistonliklar ajdodlarining qadimiy va oʼrta asrlarda Xitoy sivilizatsiyasi rivojiga qoʼshgan hissasi haqida maʼlumot keltiriladi. Аsarning ikkinchi qismida Oʼzbekiston va Xitoy tarixidagi iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalarining ayrim sahifalarini yoritishga eʼtibor qaratiladi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!