Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʻzbekiston – Rossiya oʻzaro hamkorlikni kengaytirish yoʻlida


Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston – Rossiya taʼlim forumi oʻtkazilmoqda.

Xalqaro forum ishida ikki mamlakat prezidentlari administratsiyalari, hukumat rahbarlari, Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va Rossiya Federatsiyasining taʼlim va fan vaziri hamda Rossiyaning 80 dan ziyod nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlari qatnashmoqda.

2018-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga Sank-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori Narkevich Igor Anatolyevich boshchiligida rossiyalik mehmonlar tashrif buyurdi. Uchrashuvda mehmonlar Institut tomonidan modernizatsiya qilingan GMP standartlari va muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, uchrashuv davomida farmatsevtika sanoatida xodimlarni tayyorlashda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!