Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Afg‘oniston islom Respublikasi delegatsiyasi tashrifi


2018-yil 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Afg‘oniston islom Respublikasi Prezidentining ilm-fan bo‘yicha bosh maslahatchisi, Qobul universiteti o‘qituvchisi La’l Pachoy Azmun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni FA bosh ilmiy kotibi, vitse-prezidentlari kutib olishdi. Ikki davlat vakillari ilm-fan sohasida olib borilayotgan ishlar borasida fikr almashishdi. Mehmonlar so‘nggi yillarda O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bildirib, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini kelishib olishdi.

  

Shundan so‘ng, mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ham bo‘lishdi. Ular muassasa faoliyati va u yerda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Afg‘oniston islom Respublikasi delegatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan, umuman, ilm-fan sohasida hamkorlik o’rnatish niyatida ekanligini hamda bo’lib o’tgan samimiy uchrashuv uchun o’z tashakkurini bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!