Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti va Qozon Davlat Energetika universiteti (Rossiya federatsiyasi) o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Qozon Davlat Energetika universitetining innovatsiyalar rivojlanishi bo'yicha prorektori Axmetova Irina Garyevna O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutiga tashrif buyurdi.  Tashrifdan maqsad O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti professor xodimlari hamda “Kolloid kimyo va sanoat ekologiyasi” laboratoriyasi professorlari bilan uchrashuvda kelgusida o`zaro hamkorlikdagi loyihalar, ilmiy stajirovka hamda kadrlar tayyorlash doirada izlanishlar olib borishga, Qozon Davlat Energetika universiteti "Muhandislik ekologiyasi va mehnat xavfsizligi" kafedrasi professorlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo'nalishlari kelishildi.

 

Bunda dala va laboratoriya tadqiqotlari, eksperimental usullar va parametrik modellashtirish usullaridan foydalangan holda energetika va boshqa tarmoqlarda ekologik muammolarni muhandislik yechimlari bo`yicha, agrosanoat kompleksi, shakar va alkogol sanoati va boshqalarda hududning ekologik-iqtisodiy muammolarini hal qilishda organik chiqindilardan energiya xom ashyosi sifatida foydalanish, ekologik va kimyoviy tahlillar, mintaqaning ekologik xavfsizligini ta'minlash uchun qattiq maishiy chiqindilarni yo'q qilish va qayta ishlash bo`yicha yo'nalishlarda ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish vazifalari belgilab olindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!