Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbekiston “Qizil kitobi”ning navbatdagi nashri taqdimoti


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi"ning navbatdagi nashri taqdimoti o‘tkazildi.  Bu nashr O‘zR FA Botanika hamda Zoologiya institutlari mutaxassislarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari samarasidir. Yangilangan Qizil kitob "Chinor ENK" nashriyot uyi tomonidan nashr etilgan.

Kitob ikki jilddan iborat bo‘lib,  birinchi jildda o‘simlik dunyosi,  ikkinchi jildda esa hayvonot dunyosi – ya’ni O‘zbekiston Respublikasidagi noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot turlari haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan.

Ma’lumot o‘rnida,  1984-yilda chop etilgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining birinchi nashrida 163 tur ro‘yxatga olingan bo‘lsa,  1998-yilda (ikkinchi nashr) 301 tur kiritilgan.  2006-yilgi nashrida muhofazaga olingan o‘simlik turlari soni 305 tani tashkil etgan.

Yangi tahrirdagi Qizil kitobga (flora) amaldagi Qizil kitob ro‘yxatidan (2009) 8 ta tur chiqarilgan holda,  (bu bilan 0 kamyoblik maqomiga ega bo‘lgan turlar 19 tadan 10 tagacha qisqaradi),  15 ta tur kiritilganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.  Ushbu yangi nashrda umumiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan,  yo‘qolib ketish arafasida turgan kamyob 314 o‘simlik turlarini o‘z ichiga olgan.

Qizil kitobning amaldagi (fauna) – 2009-yildagi nashriga jami 188 ta tur (kenja turlar bilan birga) kiritilgan. Ulardan 23 tasi (kenja turlar bilan 24) sut emizuvchilar,  48 tasi (kenja turlar bilan 51) qushlar,  16 tasi sudralib yuruvchilar,  17 tasi (kenja turlar bilan 18) baliqlar,  3 tasi halqasimon chuvalchanglar,  14 tasi (kenja turlar bilan 15) mollyuskalar va 60 tasi (kenja turlar bilan 61) bo‘g‘imoyoqlilar.

2019-yil so‘ngiga qadar 2 jilddan iborat (1 jild – o‘simliklar va 2 jild – hayvonlar) “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi” ning har bir jildi 5000 nusxada chop etilishi rejalashtirilmoqda. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!