Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston-Qirg‘iziston: ilmiy-amaliy seminar


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, yetakchi olimlaridan tashkil topgan delegatsiyasi Qirg‘izistonda ikki davlat Fanlar akademiyalari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdilar.

Seminarda moddalar tarkibi va yadro energetikasi muammolarini o‘rganishning zamonaviy obyektiv usullari, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo olimlarining matematika ilmi-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, mintaqaning biologik xilma-xilligini saqlash va mahalliy o‘simliklarga asoslangan farmakologiyaning rivojlanish istiqbollari mavzulari muhokama qilindi.

   

Xususan, Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi raisi A.Mirzaev Qizilqum sahrosida noruda foydali qazilmalarini qazib olish istiqbollarini kvars tuprog‘i misolida gapirib berdi. Tinglovchilarda Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi 13,5 mln. tonna zahirasiga ega Djeroy koni hamda uning kvars qumlarini pulsatsion kolonnalari yordamida sutkasida 1 tonna rudani boyitish fabrikasi loyihasi juda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu kolonnaning Navoiy bo‘limida patenti mavjud bo‘lib, u hozir foydalanayotgan flotatsion mashinadan ko‘ra raqobatbardoshdir.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik vakillar Qirg‘iziston Respublikasining “Social Tree” jamoat birlashmasi kompaniyasining pavlovniya plantatsiyasiga tashrif buyurishdi. Pavlovniyani nafaqat ekzotik daraxt, balki ekologlarning xozirdagi xazinasidir, negaki, u nafaqat changni o‘zida yutadi, balki u boshqa o‘simlik daraxtlarga nisbatan karbonat angidridni qayta ishlashi yuqoridir. U tez suratda o‘sish bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lib, yiliga o‘rtacha 4,5 metr o‘sadi. Uning yog‘ochi yengil, shunga qaramasdan tarkibi juda zich bo‘lib, undan mebel va qurilish materialarida keng qo‘llaniladi. Katta barglari esa uy hayvonlariga yemish hisoblanadi. Qirg‘iziston tadbirkorlari tomonidan toshloq lalmi yerlarda ekilgan bo‘lib, tomchilatib sug‘orish texnolgiyasidan foydalanidi. Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limida pavlovniya o‘simligini Nurota tumanida yetishtirish bo‘yicha loyiha mavjud bo‘lib, ushbu loyihani Qirg‘iziston vakillarga hamkorlik qilish uchun taqdim etildi.

 

Xalqaro seminar tadbir yakunida ikki tomonlama, ya’ni O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston o‘rtasida ilmiy hamkorlik qilishiga kelishildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!