Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbekiston florasidagi turlar soni yana bittaga ortdi


O‘zbekistonda so‘nggi 80 yilda ilk bor Ayiqtovon turkumiga kiruvchi yangi tur kashf etildi. Ushbu noyob tur O’zR FA Botanika instituti olimlari tomonidan Surxondaryo  viloyatining Boysun tog’laridan topildi hamda unga “Ranunculus tojibaevii” deb nom berildi.

O’zbekiston florasida Ayiqtovon (Ranunculus) turkumga mansub bo’lgan mazkur turkumga kiruvchi eng oxirgi yangi tur 1941-yil aniqlangan bo'lib, “Ranunculus vvedenskyi”  deb nomlangan.

2022-yil 1-aprelda botanika sohasida mashhur jurnallardan biri “PhytoKeys” jurnalida mazkur yangi o’simlik turiga bag’ishlangan maqola chop etildi.

Maqolaning to’liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://phytokeys.pensoft.net/article/70757/


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!