Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti "Rosatom" davlat korporatsiyasi yubiley medali bilan taqdirlandi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yuldashev Rossiya yadro sanoatining 75 yilligi munosabati bilan atom energiyasidan foydalanish sohasiga qo’shgan hissasi va erishgan yutuqlari uchun "Rosatom" davlat korporatsiyasi yubiley medali bilan taqdirlandi. Mukofotni "Rosatom" davlat atom energetikasi korporatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi vakili Aleksey Say topshirdi.

"Rosatom" davlat korporatsiyasi yubiley medali Rossiya yadro sanoatining 75 yilligi munosabati bilan ta'sis etilgan.

Ushbu mukofot bilan yadro sanoatini rivojlantirish, yadroviy va radiatsion xavfsizlikni ta'minlash, atom fanlari va texnologiyalarini rivojlantirish, samarali atom energiyasini ishlab chiqarish, atom energiyasidan foydalanish bo'yicha xalqaro hamkorlik va yadro sanoati uchun kadrlar tayyorlashga muhim hissa qo'shgan "Rosatom" davlat korporatsiyasi xodimlari va boshqa shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari ham mukofotlanishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Sodiqovichni ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr, ilm-fan ravnaqi yo'lida charchamasliklarini tilab qolamiz!

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!