Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovi


Bahoriy bayramlar arafasida Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovi oʼtkazildi. Mazkur tanlovda OʼzR FА Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutining ilmiy xodimlari – Noira Voxidova hamda Barno Karabaeva ishtirok etdilar va gʼoliblikni qoʼlga kiritgan 100 nafar ayollar safidan oʼrin oldilar. Gʼolib boʼlgan ayollarga diplom, ramziy sovrin va esdalik sovgʼalari topshirildi. 

 

Mazkur tanlov mamlakatimizda ayollarga berilayotgan eʼtibor, ularning ilmiy va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab- quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohatlardan darak beradi. Ishonamizki, ushbu tadbir Respublika olima ayollarining mamlakatmiz taraqqiyoti va gullab-yashnashi yoʼlida yanada faolroq ishtirok etishlariga omil boʼladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!