Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbek-koreys ilmiy forumi


16-iyul Toshkentda O‘zbekiston va Koreya mamlakatlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlikka bag‘ishlangan O‘zbek-koreys ilmiy forumi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, forum qatnashchilari Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha chiqishlar qilishdi.

Ushbu tadbir Xanyan universiteti Xalqaro munosabatlar oliy maktabi (Koreya Respublikasi) hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz bilan hamkorlikda tashkillash etildi. Tadbir hamkorlari sifatida O‘zRFA Tarix instituti va Xanyan Universiteti Osiyo-Tinch okeani tadqiqot markazi ishtirok etdi.

Forumda Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisod va xavfsizlik, logistika rivoji va turizm masalalari bo‘yicha ekspertlar o‘z masalalarini muxokama qilishdi. Tadbirda Nyu-Mexiko (AQSh) universiteti professori Gregori Glison va Xanyan Universiteti Osiyo-Tinch okeani tadqiqot markazi direktori ma’ruzalar qilishdi. Markaz rahbari M.Raximov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda jahonning yetakchi davlatlari bilan hamkorligi masalalariga mufassal to‘xtalib o‘tdi. Markaz xodimlari – s.f.d. G.Yuldasheva, s.f.n. V.Paramonovlar ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!