Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ogahiyning koʼp jildlik asarlar toʼplami chop etilmoqda


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek oʼgʼli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 238-son qarorida 2019-2021 yillarda Ogahiy asarlar toʼplamini nashr etish vazifasi belgilangan.

Unga koʼra, shu kunga qadar Muhammad Rizo Erniyozbek oʼgʼli Ogahiy “Аsarlar”ining 7 kitobdan iborat 6 jildi nashr qilindi. Ushbu keng koʼlamli va murakkab ilmiy-tashkiliy jarayonni Xorazm Maʼmun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʼlimi loyiha rahbari А.Oʼrozboyev muvofiqlashtirib bormoqda.

Bugungi kungacha “Firdavs ul-iqbol” (2-jild), “Gulshani davlat” (6-jild), “Shohidu-l- iqbol” (7-jild), “Аxloqi Muhsiniy” (8-jild), Saʼdiyning “Guliston”i tarjimasi va “Haft paykar” tarjimasi (9-jild) hamda “Miftoh ut-tolibin” (10-jild) nashr etildi.

Yaqin kunlarda yana 4 ta jildi, jumladan, Devon. “Taʼviz ul-oshiqin”, “Zubdat ut-tavorix”, “Riyoz ud-davla” va “Jomeʼ ul-voqeʼoti sultoniy” asarlari chop qilinadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!