Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Nazariya va amaliyot: malakali muzeyshunos kadrlar tayyorlash


Joriy yil 28-fevral kuni OʼzR FА Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyida OʼzR Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Muzeyshunoslik kafedrasi filiali ochilishiliga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Muzey xodimlari, Institut professor-oʼqituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Muzeyshunoslik kafedrasi filialining OʼzR FА Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyida ochilishi muzeyshunos kadrlarni tayyorlashda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bogʼlash, xususan, muzey restavratsiya laboratoriyasidagi jarayonlar bilan yaqindan tanishish, muzey fond zahiraxonasiga oid hujjatlar bilan ishlash, ekspozitsiya yaratish jarayonlarini oʼrganish, shu bilan birga, muzey xodimlarini ilmiy faoliyatga yoʼnaltirish, taʼlim tizimida sohaga kirib kelayotgan islohotlar bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sanʼat asarlarini muzeylar fondiga toʼplash, konservatsiya va restavratsiya qilish, ularni tomoshabinga namoyish etish masalasi muzey xodimlaridan nazariy va amaliy koʼnikmalarni talab etadi.

  

Аytish kerakki, Muzeyshunoslik kafedra filialining ochilishi bu sohaga yetuk malakali kadrlar tayyorlash borasidagi muhim qadamlardan biri sanaladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!