Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

“Muzeyshunoslik” o‘quv qo‘llanmasining taqdimoti


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan tarix, arxivshunoslik, tarix o‘qitish metodikasi bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Muzeyshunoslik” (o’zbek tilida) o‘quv qo‘llanmasi tayyorlandi va nashr qilindi.

22-oktabr kuni o‘tkazilgan kitob taqdimotida Markaz direktori, professor Mirzohid Rahimov mazkur o‘quv qo‘llanma yozilishida muzey sohasi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan tajribali va yetakchi mutaxassislar, olimlar hamda pedagoglar qatnashishi fan-ta’lim va amaliyot integratsiyasining bir ko‘rinishi ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Jannat Ismoilova muzeyshunoslik bo‘yicha yangi o‘quv adabiyotlariga mavjud ehtiyoj sharoitida bunday o‘quv qo‘llanma yaratilishi ayni muddao bo‘lganligini qayd etib, minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir davomida o‘quv qo‘llanma mualliflariga, uning ilmiy-metodik tahririni amalga oshirgan mutaxassislarga kitob hadya etildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!