Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Muzey fondi yangi topilmalar bilan boyidi


O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi mamlakatimizdagi eng salohiyatli muzeylardan biri hisoblanib, bugungi kunda uning zahirasida 300.000 dan ortiq osori-atiqalar saqlanib kelinmoqda.

Muzey fondlarini boyib borishida hududlarga qilingan arxeologik va etnografik ekspeditsiyalarda aniqlangan yangi topilmalar hamda aholi tomonidan topshirilgan osori-atiqalar muhim hisoblanadi.

Bugungi kunda  Muzeyning arxeologiya va numizmatika  fondi bojxona tizimi xodimlari tomonidan taqdim etilgan 220 dona  92 turdagi ashyolar  to‘plami bilan boyidi. Bu ashyolar tariximizning qadimgi,  ilk va  o‘rta asrlar davriga oid  bo‘lib, katta  tarixiy ahamiyatga egadir.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!