Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mutaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan bir guruh vatandoshlarimiz taqdirlandi


Mutaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qo'shgan munosib hissasi, o'zining yorqin iste'dodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo'lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir guruh fidoyilari davlatimizning yuksak unvonlari bilan taqdirlandilar.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Mirzayev To'ra     -    O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich     -    O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

Pidayev Shokirjon Rasulevich     -    O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San'atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich     -    O'zbekiston Milliy universiteti professori,  O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

Sa'dullayev Azimboy     -    O'zbekiston Milliy universiteti professori,  O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

“Do'stlik” ordeni bilan

Abdurahmonov Qalandar    -    G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universtitetining Toshkent shahridagi filiali direktori, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

Bahodirxonov Muhamed Kabir     -    Toshkent davlat texnika universiteti professori,  O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

Ibragimov Baxtiyor To'laganovich    -    O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, akademik

Sobirov Ravshan Zoirovich     -    O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti direktori,  O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Mirzayev Abdurazzoq Umrzoqovich    -    O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo'limi raisi

"Sog'lom turmush" medali

Mambetullayeva Svetlana Mirzamuratovna    -    O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o'rinbosari

“Shuhrat” medali bilan

Oshepkova Yuliya Igorevna    -    O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

Fozilova Dilbarxon Shomurodovna    -    O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti bo'lim mudiri.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan ushbu yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni chin yurakdan qutlaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!