Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Muhim vazifalar belgilab olindi


Joriy yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari ishtirokida keng jamoatchilikni taklif qilgan holda FA Prezidiumi va Direktorlar kengashining yig‘ilishi  tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojaatida belgilangan vazifalar va yangi qabul qilingan "Kasaba uyushmalari to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishni FA Matematika instituti direktori, akademik, Oliy Majlis Senat a’zosi Sh.Ayupov olib bordi.

So‘zga chiqqanlar Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan bildirilgan takliflar hamda 2020-yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da Fanlar akademiyasi va olimlar oldida turgan muhim vazifalar borasida o‘z takliflarini bildirdilar va chora-tadbirlar belgilandi.

  

Shuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 6-dekabr kuni imzolangan “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida"gi yangi qonun mazmun-mohiyati, ahamiyati, unga kiritilgan yangiliklar to‘g‘risida FA Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev so‘zga chiqib, bugungi kunda kasaba uyushmalar va ish beruvchilar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar, shuningdek, joriy  yilning fevral-mart oylarida ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkaziladigan jamoa shartnomalari bo‘yicha yillik hamda barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushma tashkilotlarida bo‘lib o‘tadigan  hisobot-saylov yig‘ilishlari xususida ma’lumotlar berdi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!