Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Moviy va oq chinni – Buyuk ipak yoʼli ulugʼvorligi ramzi” nomli koʼrgazma ochildi


2018-yil 15-oktabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbekiston tarixi muzeyida “Bir makon va bir yoʼl” tashabussi doirasidagi “Moviy va oq chinni – Buyuk ipak yoʼli ulugʼvorligi ramzi” nomli ilmiy-madaniy koʼrgazmaning ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʼlib oʼtdi.

Unda muzey direktori Jannat Ismoilova, OʻzR FA vitse-prezidenti B.A.Abduxalimov, Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Jiang Yan xonim hamda Shanxay munitsipolitetini fan va texnika komissiyasi vakili janob Xie Werlan nutq soʻzlab, ushbu koʻzgazma Buyuk ipak yoʻlida joylashgan ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.

Ushbu koʻrgazma Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay muzeyi hamda Shanxay Fan va texnologiya muzeylari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, bu koʻzgazma 15 dekabrga qadar davom etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!