Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mexanika sohasida hamkorlik


Xitoy xalq Respublikasining Shandong (Shan Dong) provintsiyasida joylashgan Shandong Fanlar akademiyasi Avtomatika institutining “Suv osti robotlari” bo‘limi professori Jang Dong (Zhang Dong), “Texnologik bozorlar assotsiatsiyasi” raisi Li Ksing Jou (Li Xing Zhou) hamda “Shan Dong Eclat Science &Technology Development Co. Ltd” kompaniyasi ijrochi direktori Ki Changxay (Qi ChangHai) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan asosiy maqsad texnika sohasidagi, jumladan, qishloq xo‘jaligi mashinalari yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish, amaliyotga keng joriy qilishda o‘zaro tajriba va fikr almashish, ko‘maklashish va hamkorlik qilishdan iboratdir. Tashrif davomida davra suhbati tashkil etildi, unda Xitoylik olim va mutaxassislar bilan Institut rahbariyati, yetakchi olimlari, doktorantlar va mutaxassislar ishtirok etishdi. Suhbat davomida tomonlar o‘zlari olib borayotgan ilmiy izlanishlari va erishilayotgan eng muhim natijalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi. Suhbat natijalariga ko‘ra, xitoylik mehmonlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kelajakda birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishga kelishib olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!