Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Matematika fanining Milliy dasturi loyihasi muhokama qilinmoqda


OʼzR FА Matematika institutida Institut yetakchi olimlari, akademiklar, Fan olimpiadalari boʼyicha iqtidorli oʼquvchilar bilan ishlash departamenti, Xalq taʼlimi vazirligi vakillari, oliy taʼlim muassasalari oʼqituvchi-professorlari, matematika fani darsliklari mualliflari ishtirokida matematika fanining Milliy dasturi loyihasi muhokama qilinmoqda.

Maktab oʼquvchilari orasidan Matematika faniga iqtidorlilarini saralab olish boʼyicha Prezidentimizning 2020 yil 7 maydagi PQ-4708 qaroriga muvofiq har bir tumanda Matematika faniga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilmoqda. Endi asosiy maqsad ularni Davlatimiz Rahbari taʼkidlaganlaridek, faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika asosida oʼqitishni tashkil etish kerak. Shu kunlarda, FА Matematika insituti va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorlikda “Matematika fanidan milliy dasturi”ni ishlab chiqmoqda. Bunda mavzularni spiralsimon ravishda sinflarga ajratgan holda shakllantirilmoqda, bu esa oʼquvchilarni kreativ fikrlashini shakllantirishga hamda ularni kasbga qiziqishlarini aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yoʼnaltirishga xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!