Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Matematika fani oʼqituvchilari malakasini oshirishning yangi namunaviy oʼquv dasturi ishlab chiqildi


Soʼnggi yillarni Davlatimiz rahbari tomonidan matematika fanini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida OʼzR FА Matematika instituti hamda А.Аvloniy nomidagi malaka oshirish instituti oʼrtasida oʼzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga koʼra, tomonlar oʼquv dasturlari, oʼquv qoʼllanmalari va boshqa taʼlimga oid materiallarni ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga oʼqitishning zamonaviy innovatsion shakl va usullarini tatbiq etishda, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishi belgilangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!