Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Seysmik diagnostika uskunalari - Mass-spektrometr va uning yer osti suvlarining izotopik tarkibini o'rganish va zilzilalarni bashorat qilish imkoniyatlari


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-sonli qarori asosida Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutiga Buyuk Britaniyadan 435 000 USD qiymatga ega Mass-spektrometr uskunasi xarid qilindi. Hozirda Gidrogeoseysmologiya laboratoriyasida uskunaning montaj-sozlash ishlari olib borilmoqda.

Kelishuvga koʼra, Rossiya Federatsiyasi poytaxtidan OOO “MIT” korxonasi shu uskuna muhandis sozlovchilari (servis-muhandislar - S.V.Ovchinnikov va D.А.Grishin) institutga tashrif buyurishib, Mass-spektrometr uskunasini montaj va sozlash ishlarini boshlab yuborishdi.

 

Mazkur uskuna oʼta murakkab qismlardan iborat boʼlib, uni montaj va sozlash ishlari katta mahorat va malaka talab etishi ayon boʼlmoqda. Ushbu uskuna ishga tushirilganidan soʼng, respublikamizdagi mavjud quduqlarning yerosti suvlaridan olingan namunalar asosida zilzila darakchilarini izlash imkonini beradi, yaʼni, yerosti suvlaridagi uglerod, kislorod, vodorod, oltingururt, azot izotoplari nisbatlarini oʼlchash imkoniyatiga ega boʼlib, elementlarning genetik bogʼlanishlari haqida axborot olish hamda izchil tahlillar asosida zilzila sodir boʼlishi anomaliyalarining mexanizmini tadqiq qilish imkoniga erishiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!