Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Kichik quvvatli koʼchma fotoelektrik energiya manbai qurilmasi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti olimlari tomonidan kichik quvvatli ko‘chma fotoelektrik energiya manbai ishlab chiqildi.

Kristalli kremniydan tayyorlangan fotoelektrik batareyalar asosidagi, quvvati 40-80 Vt bo‘lgan ko‘chma fotoelektrik manbaa (KFEM) respublikaning qishloq hududlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Dala va fermer xo‘jaliklarida qishloq aholisiga qulaylik yaratish maqsadida uyali telefonlar, noutbuklar, kompyuterlar, televizorlar, zamonaviy svetodiod lampalar asosidagi yoritish tizimlari va boshqa elektr isteʼmolchilarini quvvat bilan taʼminlash uchun ishlatiladi.

Mazkur KFEM qurilmasi zamonaviy kontroller, GEL tipidagi akkumulyator va invertor bilan jihozlangan. KFEM qurilmasi parametrlarining quyoshli tabiiy sharoitlarga bog‘liqligi o‘rganilgan va quvvati 150 Vt gacha bo‘lgan ~ 220 V, – 12 V va –5,4 V kuchlanishga mo‘ljallangan iste’molchilar uchun samarador ko‘chma fotoelektrik energiya manba qurilmalarini loyihalash va ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Hozirda qurilma respublikaning Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq joylarida sinovdan o‘tkazilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!