Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik


2020-yil 18-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumida Koreyaning fan va texnologiya universiteti professori Shan Gyoo Shim bilan FA yosh olimlari uchrashuvi o’tkazildi. Uchrashuvda professor Shan Gyoo Shim Koreya fan va texnologiyalar universiteti faoliyati, ta’lim yo’nalishlari haqida ma’lumot berdi hamda videolavha namoyish etildi.

 

Ma’lumot o’rnida, Koreya fan va texnologiyalar universiteti (UST) 2003-yilda tashkil etilgan. Qisqa muddat faoliyat ko'rsatganiga qaramay, bugungi kunda UST Koreya Respublikasidagi yetakchi davlat universitetlaridan biri hisoblanadi.

UST Janubiy Koreyadagi 60 dan ortiq universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. UST nanotexnologiya, kosmik sanoat, materialshunoslik, elektronika va axborot texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqotlar o'tkazish uchun yuqori darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!