Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Islom Karimov: xotiralar va tadqiqotlar” ilmiy to'plamining taqdimoti


O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O`zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazida “Islom Karimov: xotiralar va tadqiqotlar” ilmiy to'plamining taqdimoti bo'lib o'tdi. To'plam OT-A1-31 “O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning zamondoshlar xotirasida” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Markaz direktori, professor Mirzohid Rahimov maqolalar mualliflariga va Islom Karimovning zamondoshlariga mazkur loyihaga katta hissa qo'shganini ta'kidladi va ularga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Taqdimotda sharhlovchilar, to'plam mualliflari va loyiha ishtirokchilariga kitoblar taqdim etildi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!