Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“InnoWeek.Uz” da yangi ishlanmalar namoyish etilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Innovatsion gʻoyalar haftaligi “InnoWeek.Uz” doirasida oʻtkazilayotgan koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti oʻzining tibbiyot, parrandachilik uchun ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

Shuningdek, koʻrgazmada qoʻshimcha ravishda Institut olimlarining tibbiy laboratoriyalar uchun yangi ishlanmalari - B va C gepatitini aniqlashda qoʻllaniladigan PSR diagnostikumlar ham namoyish etilmoqda. Ushbu ishlanmalar tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng davolash va diagnostika muassasalarida qoʻllanilishi mumkin.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!