Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Immunologiya – sohalararo muammolar” mavzusidagi xalqaro anjuman yakunlandi


2018 yil 24-25-sentabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan “Immunologiya – sohalararo muammolar” mavzusidagi xalqaro anjuman 26-sentabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ham davom etdi. Unda Buxoro davlat Tibbiyot instituti o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Anjuman fundamental va amaliy immunologiya dolzarb masalalariga, xususan, turli immunopatologik sharoitlarni oʻrganishning zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilishga bagʻishlandi.

Bu xalqaro anjumanni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizda va dunyoda katta ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni keltirib chiqaradigan allergik kasalliklar diagnostikasi va davolash masalalarini muhokama qilishga qaratilgan.

Anjuman doirasida mamlakatimizning ushbu yoʻnalishdagi xalqaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator bitimlar imzolandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!