Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy seminarlar davom etmoqda!


2020-yil 7-sentyabr kuni "Operator algebralari va uning tadbiqlari" nomli ilmiy seminar o’tkazildi. Seminarda “Chains of three-dimensional evolution algebras: A description, behavior of the set of absolute nilpotent and idempotent elements” mavzusida tayanch doktorant А.Imomqulov (Matematika instituti) maʼruza qildi.

Maʼruzada uch oʼlchovli evolyutsion algebralar oilasining barcha zanjirlar tasnifi tahlil qilindi. Yaʼni maʼlum bir tabiiy bazisga mos strukturaviy matritsalari Kolmogorov-Chapman tenglamasini qanoatlantiruvchi algebralar qurildi hamda ularning absolyut nilpotent va idempotent elementlari soni haqida maʼlumot berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!