Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish


Navoiy davlat konchilik institutida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan yaratilgan import o'rnini bosuvchi ishlanmalarni mahalliylashtirish va ishlab chiqarishga joriy etishga bag'ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi. Unda O’zR FA Materialshunoslik instituti, Yadro fizikasi instituti va Fizika-texnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan 10 ga yaqin ishlanmalar taqdim etildi.

 

Seminarda so’zga chiqqanlar, bunday tadbirlar ham olimlar, ham ishlab chiqaruvchilar uchun foydali hamda ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga joriy etilishida muhim ekanligini ta'kidladilar.

Shuni ta'kidlash kerakki, taqdim etilgan ko'plab ishlanmalar mahalliy va xorijiy korxonalarda sanoat sinovlaridan o'tgan. Masalan, Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan yaratilgan yuqori samarali va energiya tejaydigan payvandlash materiallari, tarkibiy metallarni va qotishmalarni payvandlash texnologiyasi, yog'larga faol keramik qo'shimchalari, Yadro fizikasi institutining suvni tozalash rux changini va boshqa materiallarni qayta registratsiyalash texnologiyalari haqida ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida taqdim etilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo’yicha O'zR FA hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamkorlik qilish borasida kelishib oldilar.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!