Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy ishlanmalar koʼrgazmasi: fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi


Navoiy shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining ishlanmalari koʼrgazmasi hamda “Fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyasi – rivojlanish va taraqqiyot garovi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʼtkazildi.

Ushbu koʼrgazma va xalqaro konferensiyani oʼtkazishdan koʼzlangan asosiy maqsad – mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, qishloq xoʼjaligi, kimyo sanoati, togʼ-konchilik, farmatsevtika sohalarini rivojlantirishdagi salmoqli ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda yangi texnologiyalarni tadbiq etish, mavjudlarini takomillashtirish.

Koʼrgazmada Fanlar akademiyasining 20 ga yaqin ilmiy tashkilotlari olimlarining 100 ga yaqin ishlanmalari namoyish etildi.

 

Shuningdek, koʼzrgazmada Navoiy viloyatida joylashgan yirik sanoat korxonalari hamda qishloq xoʼjaligi klasterlari vakillari va fermerlar, jami 200ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

Bundan tashqari, xalqaro konferensiyada 10 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan, Bolgariya, Latviya, Belarus, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Belgiya davlatlari hamda Tojikiston, Qozogʼiston va Qirgʼiziston Respublikalari ilmiy-tekshirish institutlari, ilmiy markazlari olimlari onlayn va oflayn ishtirok etdi.

Mazkur koʼrgazma va xalqaro konferensiya olimlar tomonidan yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, soʼnggi ilmiy ishlar natijalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash imkonini beradi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!