Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy hamkorlik natijalari - dolzarb masalalar yechimi


2020-yil 25-martda Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizik-kimyoviy texnika instituti Xitoy Fanlar akademiyasi akademigi, OʼzR FА Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Sh.I.Salixov rahbarligida yaratilgan va ishlab chiqarilayotgan “Rutan” preparati bir qator biologik faolliklarga tekshirilganlik boʼyicha maʼlumot taqdim qildi.

“Rutan” preparati organizmda endogen interferonning sintezini 8-10 marotaba kuchaytirib turli viruslarga qarshi kurashda immun statusini tezda oshiradi.

Xitoylik hamkorlar tadqiqoti natijasida “Rutan” preparati SARS-Cov-2 virusini gidrolaza orqali ingibirlash darajasi 78,3 % tengligi aniqlangan. Shu bilan birga qoʼshimcha va nojoʼya taʼsirlari yoʼqligi, toksiklik darajasi nihoyatda past boʼlgani uchun viruslarga qarshi qoʼllanilayotgan boshqa dori vositalariga nisbatan uning davolash samarasi yuqori boʼlishi mumkin degan xulosa keltirilmoqda.

“Bu ayniqsa hozirda dunyoga xavf solayotgan COVID-19 virusini Oʼzbekiston aholisining orasida keng tarqalishini oldini olish uchun inson organizmining immun statusini oshiruvchi “Rutan” dori vositasi bilan profilaktika qilish juda zarurligini koʼrsatmoqda” – deyilmoqda Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizik-kimyoviy texnika instituti xulosasida.

Shinjon fizik-kimyoviy texnika instituti oʼzining taʼsischiligida Toshkent shahrida tashkillangan va 2018-yilda ishga tushirilgan “China-Uzbekistan technical park” texnoparkida “Rutan” dori vositasini ishlab chiqarishni taklif qildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!