Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy hamkorlik kengaymoqda


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Rossiyaning “Salyus” kompaniyasi hamda Rossiya Fanlar akademiyasining Xavfsizlik muammolari o‘rganish markazi vakillari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida 2018-yilning dekabr oyida Rossiyaning “Salyus” kompaniyasi hamda Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi ta’sischiligida tashkil etilgan “Salyus-Navoi” qo‘shma korxonasi ta’sischilari safiga Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti ham o‘zining ilmiy-tadqiqot va intelektual salohiyati bilan 24% ulush bilan qo‘shilishi  taklifi muhokama qilindi va ma’qullandi.

  

Muhokama natijasida O‘zbekiston-Rossiya “Salyus-Navoi” qo‘shma korxonasi Nizom jamg‘armasidagi O‘zbekiston tomonidagi ta’sischilar ulushi 49% tashkil etishi va bu  ulush  olimlarimizning yangi ishlanmalari, ilmiy-tadqiqotlari va intelektual salohiyati sifatida kiritilishi e’tirof etildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!