Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy aloqalar rivojlanmoqda


2018-yil 5-noyabr kuni Yaponiyaning Fanni rivojlantirish jamiyati (JSPS) va Fizika-kimyoviy tadqiqotlar instituti vakillari O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlar Institut jamoasi bilan uchrashdilar va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdilar.

Ushbu tashrifning asosiy maqsadi ilmiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, birgalikdagi tadqiqotlar sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Institut olimlarini Yaponiyaning Fanni rivojlantirish jamiyati (JSPS) va Fizika-kimyoviy tadqiqotlar instituti (RIKEN)ning ilmiy dasturlari, loyihalari bilan tanishtirishdan iborat.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!