Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligi munosabati bilan kitob nashr etildi


O'zbekiston Yozuvchilari uyushmasi “Ijod” jamoat fondi moliyaviy ko'magida Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligi munosabati bilan O'zR FA akademigi Naim Karimov hamda FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, f.f.n. Manzura Otajonova tomonidan “Sharq”  nashriyotida 2000 nusxada “Hamid Olimjon” nomli kitob nashr etildi.

Hamid Olimjon (1909 - 1944) o'zbek xalqining sevimli shoirlaridan biri bo'lib, ulug' ustozlari va tengdoshlaridan she'r va dostonlarining ravonligi, kuymaligi, jo'shqinligi, insoniy tuyg'u va kechinmalarining mohirona ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Uning eng yaxshi she'r va dostonlari o'zbek adabiyotining oltin xazinasidan o'rin olgan.

Ulug' shoir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan nashr qilingan ushbu kitob Hamid Olimjon ijodi muxlislariga munosib sovg'a bo'ldi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!