Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari muhokama qilindi


2022-yil 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida “Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari” VII Respublika ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning 25 dan ortiq fan va ta’lim muassasalari olimlari shuningdek, Rossiya, Belarus, Ukraina va Armanistonning 15 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari ishtirok etdilar.

 

 

Konferensiya oflayn va onlayn formatlarda o'tkazildi, bu esa turli mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qilish imkonini berdi, ular ham qiziqarli taqdimotlar qildilar.

Konferensiya ishi genomika, proteomika, bioinformatika, odam, o‘simlik va hayvonlar genetikasi, molekulyar biotexnologiya yo‘nalishlarida olib borildi.

Konferensiyada taqdim etilgan ilmiy ma’ruzalarda genomika, genetika, biotexnologiya, proteomika va metabolomikani rivojlantirishning zamonaviy masalalariga oid keng ko‘lamli masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, ishtirokchilar innovatsion salohiyatga ega va keyinchalik ishlab chiqarishga joriy etilishi mumkin bo‘lgan ishlarni taqdim etdilar.

Konferensiyada taqdim etilgan ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va faol fikr almashuvi bilan kechdi. Unda ko‘plab yosh olimlar ishtirok etganini ham alohida ta’kidlash lozim.

Konferensiyada ko‘plab innovatsion g‘oyalar taqdim etilgan bo‘lib, ular keyinchalik ishlab chiqarishga ham joriy etilishi mumkin. Bundan tashqari, boshqa mamlakatlar olimlarining qiziqishi ortgani hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!