Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida  2019-yil 16-may kuni “Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi vakillari, shuningdek, respublikamizning turli oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan 100 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi.

  

Konferensiyada turli ekinlar genomikasi va genetikasi, tibbiy genomika va genetika, mikrobiologiya va veterinariya kabi sohalarda keng ko'lamli masalalar ko'rib chiqildi. Bundan tashqari, amaliy va sanoat biotexnologiya masalalari, shuningdek, o'simlik va mikroorganizmlarning genomikasi, bioinformatika va biotexnologiyalari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan yangi innovatsion biotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!