Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Fosforli oʻgʻitlar va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga bag’ishlangan konferensiya


2018-yil 25-26-oktabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti, Innovatsion rivjlanish vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida «Марказий Қизилқум ва Қоратоғ фосфоритлари асосида фосфорли ўғитлар ишлаб чиқаришнинг замонавий ҳолати ва ривожланиш истиқболлари» mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya oʻtkazildi. Unda respublikamiz olimlari, Qozog’iston, Tojikiston davlatlari yetakchi olimlari hamda sanoat korxonalari vakillari ishitrok etishdi. Ikki kun davom etgan konferensiya ishida fosforli oʻgʻitlarni qayta ishlash muammosi va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, fosforli oʻgʻitlar va fosfor kislotasi tuzlarining yangi texnologiyalari, Oʻzbekistonda superfosfat ishlab chiqarish va ulardan foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!