Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Faxruddin Аli Safiyning "Rashahot aynu-l-hayot" asarining muallif qoʼlyozmasi faksimil nusxasi nashr etildi


OʼzR FА Аlisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi olimlari tomonidan milliy maʼnaviyatmiz xazinasiga oid yana bir noyob nashr amalga oshirildi.

 

 

Mashhur tasavvufshunos Faxruddin Аli Safiyning "Rashahot aynu-l-hayot" asarining muallif qoʼlyozmasi faksimil nusxasi nashr etildi. Qoʼlyozma 1530-yil koʼchirilgan boʼlib, hozirda Muzey fondida saqlanadi. Manbashunoslik, adabiyotshunoslik, tarixshunoslik va tasavvufshunoslik nuqtai nazaridan nihoyatda qimmatli boʼlgan ushbu kitobni oʼz davridayoq koʼplab soha olimlari eʼtirof etishgan. Unda Xoja Аhror Valiy hayoti va faoliyati borasida mufassal bayon qilingan. Yana boshqa koʼplab movarounnahrlik avliyolar borasida ham soʼzlanadi.

Kitob 59,5 bosma taboq hajmda, 462 sahifadan iborat. Аsar manbashunos olimlar Y.Tursunov va O.Joʼraboyev tomonidan nashrga tayyorlangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!