Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Farmasevtika sanoatini rivojlantirish


O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi institutida Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori S.X.Kariyev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi va Institut o'rtasidagi amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

Agentlik mamlakatimiz olimlari tomonidan ishlab chiqilgan dori-darmonlarni tijoratlashtirishda ishtirok etishdan manfaatdor ekani va ishlab chiqaruvchi sheriklarni topish, marketing, klinik tadqiqotlar o'tkazish va import o'rnini bosuvchi yangi original dori-darmonlarni ro'yxatga olish, asbob-uskunalar bilan jihozlash va ta'mirlashda amaliy yordam ko'rsatishga tayyor ekanligini qayd etdi. Shuningdek, dori vositalarini ro'yxatdan o'tkazish paytida yuzaga keladigan muammolar, ularni patentlash, asl dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarning huquqlari haqida ma’lumotlar berildi. Muntazam hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha Institut va  Agentlik o’rtasida "Yo'l xaritasi" loyihasi tuzishga kelishib olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!