Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi "O'zbekistonda tadqiqot reaktori ekspluatatsiyadan chiqarildi" maqolasiga munosabat bildirdi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti (YFI) laboratoriyasi mudiri Faxrulla Kungurovning so'zlariga asoslangan holda www.atomic-energy.ru veb-saytida e’lon qilingan "O'zbekistonda tadqiqot reaktori ekspluatatsiyadan chiqarildi" sarlavhali maqolada "O'zbekistonda Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti hududida joylashgan IIN-3M tadqiqot reaktorini ekspluatatsiyadan chiqarish va demontaj qilish bo'yicha ishlar yakunlandi." deb yozilgan. Biroq maqolada biroz noaniqlik mavjud.

Darhaqiqat, O'zbekistonda bunday IIN-3M tadqiqot reaktori bor edi va u foydalanishdan chiqarilib, demontaj qilingan, ammo bu reaktorning O’zR FA Yadro fizikasi institutiga umuman aloqasi yo'q.

O'zR FA Yadro fizikasi instituti Rossiya Federatsiyasining "Сосны НПФ" MChJ hamkorligida Atom energiyasi bo’yicha Xalqaro agentlik (МАГАТЭ)ning maslahatlari va texnik yordami bilan ushbu reaktorni ekspluatatsiyadan chiqarish va demontaj qilish ishlarini amalga oshirdi. Biroq, ushbu reaktor O'zR FA Yadro fizikasi institutidan 30 km masofada joylashgan "FOTON" OAJga tegishli edi. O'zR FA Yadro fizikasi instituti laboratoriyasi mudiri F. Kungurov Institutimizdan ushbu loyiha rahbari sifatida bergan intervyularining birida Yadro fizikasi Institutining "FOTON" IIN-3M tadqiqot reaktorini demontaj qilishdagi ishtiroki haqida gapirib o’tgan. Ushbu reaktorni demontaj qilish ishlari 2019-yil fevral oyida yakunlangan va uning o’rni yashil maysazor holatiga keltirilgan.

Ilmiy-tadqiqot IIN-3M reaktori hududi
(2019-yil 6-fevral)

Hozirgi kunda Yadro fizikasi institutining VVR-SM tadqiqot yadro reaktori 10 MVt quvvatda muvaffaqiyatli ishlab turibdi. Reaktor oyiga 8-10 kun rejimida ishlaydi va ilmiy-tadqiqotlar bilan bir qatorda keng doiradagi radiofarmatsevtika preparatlari ishlab chiqarish uchun radioizotop mahsulotlarini olishga hissa qo’shmoqda. Atom energiyasi bo’yicha Xalqaro agentlik МАГАТЭ mutaxassislarining fikriga ko'ra ushbu reaktor kamida 2030-yilgacha xavfsiz ishlaydi va xudo xohlasa, bundan keyin ham fan va tibbiyotga xizmat qilishi mumkin.

O'zR FA Yadro fizikasi instituti.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!