Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi Matematika instituti va Toshkent davlat transport universiteti oʼrtasida Memorandum imzolandi


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4708-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti va Toshkent davlat transport universiteti oʼrtasida Memorandum imzolandi.

Mazkur Memorandumda respublikamiz transport ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qaratilgan masalalarni birgalikda hal etish, matematika fani oʼquv-metodik dasturi mazmun va mohiyatini universitetdagi mavjud sohalarga moslashtirish kabi dolzarb yoʼnalishlarda hamkorlik qilish koʼzda tutilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!