Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Eng faol yosh olim” nominatsiyasi g’oliblari aniqlandi


2018-yil 1-iyun kuni O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining“Yilning eng faol yosh olimi” nominatsiyasi Toshkent shahar va Toshkent viloyati bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda Toshkent shahri bo’yicha faxrli 1-o’rinni O’zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy xodimi An Yekatirina Vladimirovna, 2-o’rinni O’zFA Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Nazirova Xilola Baxodirovna,3-o’rinni esa Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi I.A.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti dotsenti Raximova Latofatxon Sobirjonovna egalladi.

Shuningdek, Toshkent viloyati bo’yicha faxrli 1-o’rinni O’zFA Materialshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Shermatov Javoxir Zafarovich, 2-o’rinni Genomika va bioinformatika markazi kichik ilmiy xodimi Darmonov Muxtor Muxammadovich va 3-o’rinni Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi o’qituvchisi Karimova Dildora Soataliyevna qo’lga kiritdi. Barcha g’oliblarga diplom va estalik sovg’alar topshirildi.

Hakamlar hay’ati a’zolari An Yekatirina Vladimirovna hamda Shermatov Javoxir Zafarovichni Respublika bosqichiga tavsiya qildilar.

G’oliblarni O’zR FA ma’muriyati nomidan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ishlarida omadlar tilaymiz.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!