Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi bilan uchrashuv tashkil qilindi


2020-yil 8-fevral kuni OʼzR FА Zoologiya institutida Oʼzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi rahbar xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Zoologiya instituti olimlari va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi tomonidan taklif etilgan loyihalar muhokomasi boʼlib oʼtdi. Loyihalarda bioxilma-xillikni muhofaza qilish, hayvonot olami kadastrini tuzish, Qizil kitobning yangi nashri elektron bazasini yaratish, kadastr faoliyatini yuritish va amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi va oʼzaro fikr almashildi.

  

Uchrashuv soʼnggida Institut hamda Qoʼmita oʼzaro hamkorlikda hayvonot olami kadastrini tuzish va ularning informatsion bazasini hamda Qizil kitobning yangi nashri elektron bazasini yaratish kabi masalalar boʼyicha hamkorlik qilish yuzasidan “Yoʼl xaritasi” tuzishga kelishib olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!