Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Dolzarb muommalar yechimi olimlar e`tiborida!


Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiyot sektorini rivojlantirishda qishloq xoʼjalagining oʼrni yuqori boʼlganligi sababli, ularni suv bilan taʼminlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masalalarning yechimida yangi yirik gidrouzellarni qurish va ekspluatatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlarning xavfsiz ishlashini taʼminlash asosiy muhim rol oʼynaydi.

Sardoba suv ombori toʼgʼoni yorilishi natijasida kelib chiqqan texnogen ofat oqibatida yuz bergan bino va inshootlardagi zararlanishlar hamda buzilishlarni oʼrganish maqsadida OʼzR FА Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti tomonidan Sardoba tumaniga ekspeditsiya uyushtirildi va o`rganishlar natijalari bo`yicha ilmiy loyihalar tayyorlandi.

 

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishning ilmiy yechimini taʼminlashda mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish maqsadida olimlarimiz bir necha loyihalarni taqdim etdi:

1.  Tabiiy va texnogen halokatlar xavfini kamaytirish vositalari (yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va transport infratuzilmasi inshootlari);

2.  Gruntli toʼgʼonlarning namlanish va seysmik kuchlar taʼsiridan mustahkamligining yoʼkotilishi va oʼpirilishi oldini olishning ilmiy yechimlari;

3.  Suv toʼgʼonlarining ishonchliligini oshirishda teskari filtr qurilmasini qoʼllash takliflarini ishlab chiqish.

Shuningdek, Quyosh energiyasi Xalqaro instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan markazlashgan ichimlik suvi ta’minotidan uzoqda joylashgan aholini ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojini qondirishga mo’ljallangan “Kunlik chuchuk suv chiqarish quvvati 1 m³ bo`lgan Quyosh suv chuchutish qurilmasini ishlab chiqish, o`rnatish va ishga tushirish” loyihasi ham tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etildi.

Ushbu loyihalar dolzarb muommalarni hal qilishga qaratilgan boʼlib, ekspluatatsiya qilinayotgan va qurilayotgan suv omborlari toʼgʼonlari, individual uylar va transport inshootlarini xavfsizligini taʼminlash boʼyicha olingan natijalar aniq tavsiyalar va qoʼllanmalar koʼrinishida hududlarni qayta tiklash jarayonida foydalanish uchun taqdim etiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!