Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Chingiz Aytmatov 90 yillik yubileyiga bagʼishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi


2018-yil 16-noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Respulika madaniyat va maʼrifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi bilan hamkorlikda buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bagʻishlangan “Chingiz Aytmatov va oʼzbek adabiyoti” mavzusidagi ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, FA akademiklari Toʻra Mirzayev, Baxtiyor Nazarov, Akmal Saidovlar, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi yetakchi olimlari, shuningdek, Institut jamoasi qatnashdi. Chingiz Aytmatov nafaqat qirgʻiz eli, balki, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo edi. Chingiz Aytmatov mintaqamiz tinchligi va osoyishtaligi, uning kelajagi va ravnaqi, xalqlarimiz oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash yoʻlida fidokorona faoliyat olib borgan. Ushbu ilmiy konferensiyada Chingiz Aytmatovning oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, umuman, oʻzbek-qirgʻiz adabiyotidagi oʻzaro uzviyligi, hamkorligi masalalari boʻyicha maʼruzalar tinglandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!